Янгиликлар

Yevropa ittifoqining Erasmus+ dasturi “Intras-intelektual transport tizimlari: Aktga asoslangan O‘zbekiston uchun yangi magistratura dasturi” loyihasining yakuniy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

Onlayn tarzda o‘tkazilgan yig‘ilishda Polsha davlatining Gdansk politexnika universiteti, Avstriya davlatining Klagenfurt Alpen-Adria universiteti, Slovakiya davlatining Zilina universiteti, O‘zbekiston tomonidan – Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda TATU, TDTU, JizPI, AndMI, TerDUning rahbar va mas’ul xodimlar ishtirok etishdi. 

Yig‘ilishda loyiha bo‘yicha bajarilgan ishlar sarhisob qilindi. Xususan:
•  Intellektual transport tizimi (ITT) bo‘yicha yangi magistratura dasturi ishlab chiqilib, mazkur mutaxassislik bo‘yicha 6 ta yurtimiz oliy ta’lim muassasasida magistratura ta’lim shakli yo‘lga qo‘yilgani; 
•  Bugungi kunda ushbu yangi tashkil qilingan magistratura mutaxassisligida 145 nafar talaba tahsil olayotgani;
•   Respublika oliy ta’lim muassasalarining ITT bo‘yicha darajasi oshirilayotgani;
•  6 ta oliy ta’lim muassasasida AKTga asoslangan ITT laboratoriyalari tashkil etilgani 
•  O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari uchun Yevropa Ittifoqi standartlariga javob beradigan 12 ta fandan o‘quv majmua ishlab chiqilgani;
•  Oliy ta’lim muassasalari va jamoat tashkilotlari/muassasalari/korxonalari o‘rtasida ITT sohasida hamkorlik aloqalari o‘rnatilgani
•  ITT bo‘yicha yangi avlod muhandislarini tayyorlash uchun infratuzilma va tizim yaratilgani ma’lum qilindi.