(+99899) 8664506 | ayus@mail.ru
itras

  • Кириш
  • Файллар

    EN | УЗ

    Янгиликлар

    2021-yil 14-18-sentabr kunlari Avstriyaning Klagenfurt shahrida INTRAS loyihasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

    2021-yil 14-18-sentabr kunlari Avstriyaning Klagenfurt shahrida Yevropa Ittifoqining ERASMUS + dasturi doirasida "Intellektual transport tizimlari: AKTga asoslangan O'zbekiston uchun yangi magistrlik dasturi" xalqaro loyihasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Mazkur yig'ilishda Polsha davlatining Gdansk politexnika universiteti, Slovakiya davlatining Jilina universiteti, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Andijon mashinasozlik instituti, Jizzax politexnika instituti, Termiz davlat universiteti hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori va rahbar xodimlari qatnashishdi.
    Yig'ilish davomida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori va boshqa universitet vakillari o'rtasida kelajakdagi hamkorlik yuzasidan bir qator uchrashuvlar tashkil etildi. Xususan Polsha davlatining Gdansk politexnika universiteti, Slovakiya davlatining Jilina universiteti vakillari bilan uchrashuvlar shular jumlasidandir.
    Shu o'rinda Klagenfurt universiteti raxbariyati – professor Doris Hattenberger xonim bilan uchrashuv o'tkazildi. Uchrashuvda ikki universitet o'rtasidagi O'zbekiston va Yevropa davlatlarida tan olinadigan ikkita diplom beriladigan magistratura dasturi hamda qo'shma doktorantura dasturi haqida kelishuvlarga erishildi.