Toshkent temir yo'l muhandislari institutida majlis

2020 yil 7 fevral kuni Toshkent temir yo'l muhandislari institutida CBHE - "INTRAS: intellektual transport tizimlari: O'zbekistonda AKT asosida yangi magistrlik o'quv dasturlari" loyihasi monitoringi amalga oshirildi. Tadbirda barcha milliy hamkorlar, jumladan, 6 ta oliy o'quv yurtlari, noakademik hamkorlar va oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi vakillari ishtirok etdilar.
Monitoring davomida loyihani amalga oshirish jarayoni, joriy faoliyat, asbob- uskunalar xarid qilish masalalari muhokama qilindi va loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish bo’yicha tegishli tavsiyalar berildi.